Ko'p so'raladigan savollar
Gomu.uz platformasidan foydalanish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Gomu.uz — bu sifatli va o'zbek tilidagi animelarni qulay tarzda, reklamasiz va yuqori tezlikda tomosha qilish imkonini beruvchi zamonaviy platforma.
Ha, platformamizdagi barcha animelarni mutlaqo bepul tomosha qilishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish orqali siz animelarni saqlab qo'yish (bookmark) va izoh qoldirish kabi qo'shimcha qulayliklarga ega bo'lasiz.
Yangi anime qismlari Yaponiyada efirga uzatilgandan so'ng, tarjimonlarimiz va dublyaj jamoamiz ishi yakunlanishi bilan imkon qadar tezroq saytga joylanadi.
Agar video qotib qolayotgan bo'lsa, birinchi navbatda internet tezligingizni tekshiring. Muammo davom etsa, iltimos bizga Discord yoki Telegram orqali xabar bering, shunda biz muammoni tezda hal qilishga harakat qilamiz.
Hozircha saytimizdan to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish imkoniyati mavjud emas.
Agar biror qism ishlamayotgan bo'lsa yoki saytda xatolikka duch kelsangiz, ushbu qism ostidagi izohlar bo'limida yozib qoldirishingiz yoki Discord serverimiz va Telegram guruhimiz orqali administratorlarga xabar berishingiz mumkin.
Savolingizga javob topmadingizmi?
Agar sizda boshqa savollar yoki takliflar bo'lsa, bemalol bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bog'lanishingiz mumkin.